NotableUZRUEN

Notable

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-11-02

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-oktabr

Bu siyosat Notable ilovasi (com.kerakly.notable) uchun amal qiladi. Ishlab chiqaruvchi: Kerakly Studio. Aloqa: keraklystudio@gmail.com

1. Qanday ma'lumotlar bilan ishlaymiz

  • Siz yaratgan kontent: qaydlar, daftarlar, rasmlar, eslatmalar, o'zgarishlar tarixi va sozlamalar (til, mavzu).
  • Hisob: yo'q. Ro'yxatdan o'tish, email yoki telefon raqami so'ralmaydi.
  • Biometrika: Face ID / barmoq izi tekshiruvini telefon operatsion tizimi bajaradi; ilova biometrik ma'lumotni ko'rmaydi va saqlamaydi.

2. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi

Hamma narsa faqat sizning telefoningizda. Qaydlaringiz bizning serverga yuborilmaydi va ilova ishlashi uchun internet kerak emas. Maxfiy daftarlar PIN bilan himoyalanadi va ularning matni shifrlangan holda saqlanadi. PIN-kodni unutsangiz, uni tiklab bo'lmaydi.

3. Nima uchun ishlatamiz

Ilovaning ishlashi, eslatmalarni o'z vaqtida yuborish va qaydlarni saqlash uchun. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz, reklama maqsadida ishlatmaymiz va uchinchi tomonlarga bermaymiz.

4. Uchinchi tomon xizmatlari

Tahlil (analytics), reklama va kuzatuv xizmatlari yo'q. Qayd yoki rasmni o'zingiz ulashsangiz (Telegram, Mail va h.k.), u siz tanlagan ilovaga yuboriladi — bu faqat sizning qaroringiz.

5. Ruxsatlar

  • Rasmlar / Kamera: qaydlarga rasm qo'shish uchun.
  • Bildirishnomalar: eslatmalar va Pomodoro taymer uchun.
  • Face ID / barmoq izi: maxfiy daftarlarni ochish uchun.

6. Kelajakdagi bulut sinxronlash

Ilovaga ixtiyoriy bulut sinxronlash qo'shilishi rejalashtirilgan. Qo'shilganda u faqat siz yoqsangizgina ishlaydi, bu siyosat oldindan yangilanadi va nimalar saqlanishi aniq yoziladi.

7. Sizning huquqlaringiz

Ma'lumotlaringiz sizning qurilmangizda, shuning uchun ularni o'zingiz ko'rasiz, o'zgartirasiz va o'chirasiz (qarang: o'chirish yo'riqnomasi). Savollar uchun: keraklystudio@gmail.com.

8. Bolalar

Ilova shaxsiy ma'lumot yig'maydi, shu jumladan bolalardan ham.

9. O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangilanadi va yuqoridagi sana o'zgaradi.