Memoryzey
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-10-21
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 11-oktabr
Bu siyosat Memoryzey ilovasi (com.kerakly.memorizey) uchun amal qiladi. Ishlab chiqaruvchi: Kerakly Studio. Aloqa: keraklystudio@gmail.com
1. Qanday ma'lumotlar bilan ishlaymiz
- Siz qo'shgan kontent: audio fayllar, ulardan qirqilgan bo'laklar (boshlanish va tugash vaqtlari), to'plamlar, belgilar, takrorlash sozlamalari.
- Faollik: tinglash statistikasi va yutuqlar.
- Hisob (ixtiyoriy): elektron pochta va parol yoki Apple orqali kirish identifikatori. Parol serverda faqat xeshlangan holda saqlanadi.
- Obuna: obuna turi va amal qilish muddati. To'lov (karta) ma'lumotlari bizga kelmaydi — to'lovni App Store yoki Google Play amalga oshiradi.
- Texnik ma'lumotlar: ilova versiyasi, qurilma modeli, operatsion tizim versiyasi, xatolik (crash) hisobotlari.
1a. Obunalar
- Memoryzey Premium — oylik yoki yillik avtomatik yangilanadigan obuna. To'lov tasdiqlanganda Apple ID (iPhone) yoki Google Play (Android) hisobingizdan yechiladi.
- Obuna joriy davr tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilinmasa, avtomatik yangilanadi. Yangilanish uchun to'lov davr tugashidan oldingi 24 soat ichida yechiladi.
- Obunani boshqarish va bekor qilish: iPhone'da Sozlamalar → Apple ID → Obunalar, Android'da Google Play → Obunalar orqali.
- Obuna holatini tekshirish uchun Qonversion ga anonim identifikator va xarid kvitansiyasi yuboriladi. Karta ma'lumotlaringizni biz ko'rmaymiz va saqlamaymiz.
- Foydalanish shartlari: Apple standart EULA.
2. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
- Hisobsiz: audiolar va darslar faqat sizning telefoningizda saqlanadi.
- Hisob bilan: ma'lumotlaringiz zaxira va qurilmalar o'rtasida sinxronlash uchun shifrlangan (HTTPS) ulanish orqali bizning serverimizga yuboriladi.
- To'plamni ulashsangiz: ulashilgan to'plam (nomi va audio bo'laklari) havola orqali ochilishi uchun serverga yuklanadi. Havolaga ega bo'lgan har kim uni ko'ra oladi — shuning uchun shaxsiy audiolarni ulashmang.
3. Nima uchun ishlatamiz
Ilovaning ishlashi, zaxira va sinxronlash, to'plam ulashish, obunani tekshirish, eslatmalar, xatoliklarni topib tuzatish va (xohlasangiz) yangiliklar yuborish uchun. Ma'lumotingizni sotmaymiz, reklama maqsadida ishlatmaymiz va uchinchi tomonlarga marketing uchun bermaymiz.
4. Uchinchi tomon xizmatlari
- Firebase Crashlytics (Google) — xatolik hisobotlari.
- Firebase Cloud Messaging (Google) — bildirishnomalar.
- Qonversion — obuna holatini tekshirish.
- App Store / Google Play — xaridlar va to'lovlar.
- Cloudflare — ulashilgan to'plam sahifalarini ko'rsatish.
5. Ruxsatlar
- Fayllar: faqat siz tanlagan audio fayllarga kiriladi.
- Bildirishnomalar: eslatmalar va yangiliklar uchun. Tizim sozlamalaridan istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.
- Fonda ijro: ekran qulflanganda audio davom etishi uchun.
6. Sizning huquqlaringiz
Ma'lumotlaringizni ilova ichida ko'rish, o'zgartirish va o'chirish, hisobdan chiqish va hisobni butunlay o'chirish mumkin (qarang: hisobni o'chirish). So'rovlar uchun: keraklystudio@gmail.com.
7. Bolalar
Ilova 13 yoshgacha bo'lgan bolalarga mo'ljallanmagan va ularning ma'lumotini ataylab yig'maydi.
8. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangilanadi va yuqoridagi sana o'zgaradi.