Yangi alifboUZRUEN

Yangi alifbo

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-11-21

Maxfiylik siyosati · Oxirgi yangilanish: 29.10.2026

"Yangi alifbo" (paket nomi: uz.yangialifbo.keyboard) — yangi oʻzbek lotin alifbosi uchun Android klaviaturasi. Ushbu siyosat ilova qanday ma'lumotlar bilan ishlashini tushuntiradi.

1. Qisqacha

Yangi alifbo sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni toʻplamaydi, saqlamaydi va hech kimga yubormaydi. Ilova internetga ulanmaydi.

2. Tergan matnlaringiz

Klaviatura siz tergan matnni faqat uni kiritish maydoniga joylash uchun qayta ishlaydi. Matn, parollar va boshqa kiritilgan ma'lumotlar telefoningizdan chiqmaydi, serverga yuborilmaydi va tahlil qilinmaydi. Ilovada INTERNET ruxsati yoʻq, shuning uchun ma'lumot yuborish texnik jihatdan ham mumkin emas.

3. Qurilmada saqlanadigan ma'lumotlar

Quyidagilar faqat sizning telefoningizda, ilovaning ichki xotirasida saqlanadi:

  • Sozlamalar: tanlangan tillar, mavzu, klavisha uslubi va shaffofligi, klaviatura balandligi, tebranish va ovoz, raqamlar qatori.
  • Fon rasmi yoki rangi: agar klaviatura ortiga oʻz rasmingizni qoʻysangiz, u qurilmada saqlanadi.
  • Bufer: nusxalangan matnlar qurilmada vaqtincha saqlanadi va bir soatdan keyin oʻchadi. Mahkamlab qoʻyilgan matnlar siz oʻchirmaguningizcha qoladi. Buferni istalgan vaqtda "Buferni tozalash" tugmasi bilan oʻchirishingiz mumkin.

Bu ma'lumotlar bizga yoki uchinchi shaxslarga yuborilmaydi.

4. Ruxsatlar

Ilova hech qanday shaxsiy ma'lumotga kirish ruxsatini (kontaktlar, joylashuv, mikrofon, kamera, fayllar va h.k.) soʻramaydi. Fon rasmi faqat siz tizim oynasi orqali oʻzingiz tanlagan rasm uchun ishlatiladi.

5. Uchinchi tomon xizmatlari

Ilova reklama, analitika, crash-hisobot va boshqa uchinchi tomon xizmatlarini ishlatmaydi.

6. Bolalar

Ilova bolalarga moʻljallanmagan, lekin biz hech kimdan ma'lumot toʻplamaymiz.

7. Qurilma zaxirasi

Android tizimi ilova sozlamalarini Google zaxira nusxasiga qoʻshishi mumkin. Bu Android sozlamalari orqali boshqariladi va bizga ma'lumot yetib kelmaydi.

8. Oʻzgarishlar

Siyosat oʻzgarsa, yangi versiyasi shu sahifada eʼlon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.

9. Aloqa

Savollar uchun: