Qadaa - tracker missed prayers
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-10-11
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 10-oktabr
Bu siyosat Qazolarim (Qadaa) ilovasi (com.kerakly.qazolarim) uchun amal qiladi. Ishlab chiqaruvchi: Kerakly Studio. Aloqa: keraklystudio@gmail.com
1. Qanday ma'lumotlar bilan ishlaymiz
- Qazo ma'lumotlari: hisoblash davri, qazo namozlari soni, kunlik belgilangan namozlar, statistika.
- Profil: ism (ixtiyoriy), jins, tug'ilgan yil/yosh yoki balog'at sanasi, ayollar uchun hayz/nifos davrlari va farzandlar soni. Bu nozik ma'lumot, shuning uchun ularni eslatmalarda va ommaviy xabarlarda ko'rsatmaymiz.
- Hisob (ixtiyoriy): telefon raqami va parol. Raqam Telegram bot orqali tasdiqlanadi. Parol serverda faqat xeshlangan holda saqlanadi.
- Texnik ma'lumotlar: ilova versiyasi, qurilma modeli va operatsion tizim versiyasi, xatolik (crash) hisobotlari. Ilova tili va jins/yosh toifasi yangiliklar yuborish uchun guruhlash maqsadida ishlatiladi.
2. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
- Hisobsiz: faqat sizning telefoningizda. Serverga hech narsa yuborilmaydi.
- Hisob bilan: ma'lumotlaringiz zaxira va qurilmalar o'rtasida sinxronlash uchun bizning serverimizga shifrlangan (HTTPS) ulanish orqali yuboriladi.
3. Nima uchun ishlatamiz
Ilovaning ishlashi, zaxira va sinxronlash, eslatmalar, xatoliklarni topib tuzatish va (xohlasangiz) yangiliklar yuborish uchun. Ma'lumotingizni sotmaymiz, reklama maqsadida ishlatmaymiz va uchinchi tomonlarga marketing uchun bermaymiz.
4. Uchinchi tomon xizmatlari
- Firebase Crashlytics (Google) — xatolik hisobotlari.
- Firebase Cloud Messaging (Google) — yangilik va e'lon xabarlari. Sozlamalarda "Yangiliklar va e'lonlar"ni o'chirsangiz, yuborilmaydi.
- Telegram — hisobni tasdiqlash va parolni tiklash uchun.
5. Eslatmalar
Eslatmalar telefoningizda lokal rejalashtiriladi. Ilova uchun bildirishnoma ruxsatini istalgan vaqtda tizim sozlamalaridan o'chirishingiz mumkin.
6. Sizning huquqlaringiz
Ma'lumotlaringizni ilova ichida ko'rish va o'zgartirish, hisobdan chiqish va hisobni butunlay o'chirish mumkin (qarang: hisobni o'chirish). So'rovlar uchun: keraklystudio@gmail.com.
7. Bolalar
Ilova bolalarga mo'ljallanmagan va ularning ma'lumotini ataylab yig'maydi.
8. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangilanadi va yuqoridagi sana o'zgaradi.